Global Interface & Solutions
“Sunflare” kompaniyasi intellektual xizmatlar sohasidagi ishonchli hamkor bo‘lib, yillar davomida sinovdan o‘tgan sifatli ishi tufaili professional tarjima kompaniyasi sifatida obro‘ qozongan.
Bizning xizmatlarimiz barcha faoliyat sohalarida hujjatlarni sifatli tarjima qildirishga bo‘lgan ehtiyojlarni to‘laqonli qondirishga ixtisoslashgan.
Hujjatlar tarjimasi bilan bog‘liq vazifalarni aniqlash va hal qilsh usullarini qo‘llagan holda, biz mijozlarimizga eng maqbul yechimlarni taklif etamiz.
ISO 27001 va ISO 9001 sertifikatlari
Bizning mijozlarimiz turli xil sohalarda faoliyat ko‘rsatishadi va ularning tarjima xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlari ham turli xil sohalardagi hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Maxfiy axborotni qabul qilish va jo‘natishda mijozlarimizning ishonchli himoyaga bo‘lgan talablariga javob berish uchun bizning kompaniyamiz ma’lumotlar bilan ishlovchi ko‘plab xalqaro boshqaruv tizimlarini qo‘llab kelmoqda. Bu esa bizga mijozlarga tarjma sohasida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Iqtisodiyotning keng jabhalarida ish tajribasi
Mijozlarimiz uchun ishonchli hamkor bo‘lib qolish uchun biz soha ekspertlari jamoalari va borib ishlovchi mutaxassislarimiz o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Bu bizga mijozlarimiz tomonidan qo‘yilgan vazifalarga eng maqbul yechimlarni taqdim etishimizga imkon beradi.
90 dan ortiq tilga tarjima xizmatlari
Jahon miqyosida bisnes yuritishni mo‘ljallayotgan kompaniyalar tegishli mamlakatlarning tili va madaniyatini o‘rganishlari zarur. Aks holda, kompaniyaning barcha urinishlarini, biznesni yuritish nuqtai nazaridan, o‘ta serxarajat va kam samarali bo‘ladi. Biz, “Sunflare” jamoasi, bunday axborotni qo’lga kiritish naqadar dolzarb va mashaqqatli ekanligini yaxshi tushunamiz. Shu sababli bizning ekspertlar jamoasi 90 dan ortiq tillarda xizmat ko‘rsatadi va bu tillarda so‘zlashuvchi xalqlar madaniyati bilan yaqindan tanishdir. Bizning mutaxassislarimiz mijozlarga zamonaviy va vazifani hal etishga yo‘naltirilgan, transmilliy ko‘lamda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘makni taklif etishadi. Ular til ko‘nikmalarini mukammal biladilar va mavzuga oid bilimlarini tarjima qilinayotgan hujjatlar bilan samarali uyg‘unlashtiradilar. Bu esa o‘ziga xos va professional bilimlarni talab qiluvchi, yuridik hujjatlar, nashrlardagi materiallar va tibbiyot buyumlarini litsenziyalash uchun arizalarga hamroh hujjatlar bilan ishlashda sifatli xizmatlarni tezkor taqdim etish imkonini beradi.
Kompaniya profili
Kompaniya nomi
SunFlare Co., Ltd.
Asos solingan sana
1-avgust 1971-yil
Manzil
Tokiodagi bosh ofis:
Sinzyuku Xirose binosi, Yotsuya 4-7, Sinzyuku maxsus rayoni,
Tokio shahri, 160-0004, Yaponiya
Ijrochi direktor
Hiroyuki Sasai
Faoliyat turlari
Hujjatlar bilan ishlash
- Tarjima xizmatlari
- Lokalizatsiya
- Matnlar yozish (texnik va tibbiy sohalarda)
- Ijodiy xizmatlar (dizayn, tarx, veb-dizayn va videomontaj)
Maslahatlar taqdim etish
- Hujjatlar bilan ishlashda maslahatlar berish
- Tadqiqotlar o‘tkazish (qonunchilik, qonunosti aktlar, davlat standartlari va patent ishi)
- Ro‘yxatdan o‘tkazishga oid arizalarni to‘ldirish va taqdim etishga ko‘maklashish (patentlar, tibbiyot buyumlari, tibbiy dori-darmonlarni litsenziyalashga ko‘maklashish)
Ta’lim va treninglar o‘tkazish sohasidagi xizmatlar
- “Sunflare” akademiyasida o‘qitish
- Tarjima faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olish uchun shahodatlashdan o‘tkazish (TQE)
- Korporativ treninglar o‘tkazish
- Seminarlar o‘tkazish (patent ishi va tibbiyot buyumlari)
Olingan sertifikatlar
ISO 27001, ISO 9001, ISO 17100, shuningdek, “Privacy Mark” (Yaponiyaning “JIPDEC” raqamli iqtisodiyot va raqamli jamiyatga ko‘maklashish instituti) kompaniyasining xodimlar shaxsiy axborotlarining himoyalanganlik darajasini baholash tizimi sertifikati
Tibbiyot buyumlarini sotish va tarqatish huquqini beruvchi 2-turdagi litsenziya